CSI-CH yo‘nalishida, balandligi 110 sm bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bahsida yosh hamyurtimiz Boburjon Valijonov ikkinchi natijani qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi. CSI2* yo‘nalishining, 120 sm balandlikdagi to‘siqlar dasturida esa “Klara” tulporida qatnashgan Nurjan Tuyakbayev ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
“Nomero Uno Rafael” tulporida ishtirok etgan Umid Kamilov CSI2* yo‘nalishida 135 sm balandlikdagi mashqlarda eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Balandligi 130 sm bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bahsida esa Nurjan Tuyakbayev ham “Kamita” tulporida terma jamoamiz hisobiga yana bir oltin medalni taqdim qildi.