баннер
22 Fev 2025
16:51

    ChDPUda rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

    Ustozlari bilan tizimli ishlayotgan yoshlarni qadrlayman va qo'llab-quvvatlayman, dedi rektor.

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi G'ofurjon Muxamedov talaba yoshlar bilan uchrashdi. Muloqot ochiq suhbat tarzida olib borildi, deb yozmoqda universitet axborot xizmati.

    — Yurtimizga jadid bobolarimiz kabi g'arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan etuk kadrlar suv bilan havodek zarur, — deydi ChDPU rektori G'ofurjon Muxamedov. — Hayot kurashdan iborat. Bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo'lganlargina g'olib bo'ladi. Universitetimizning kelgusi salohiyatini belgilovchi qator dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Xalqaro darajada dars bera olish layoqatiga ega kadrlarni tayyorlash masalasiga bor e'tiborimizni qaratganmiz. Bu maqsad va g'oyalarga, avvalambor, universitet yoshlari va talabalarining maqsadi sifatida qarayman. Ustozlari bilan tizimli ishlayotgan yoshlarni qadrlayman va qo'llab-quvvatlayman.

    — 8 yillik tanafusdan keyin o'qishga kirdim. Uchinchi kurs talabasiman. Oilaliman. Kurash bo'yicha respublika musobaqalarida ishtirok etaman. Sportga qiziqaman. 2023-2024-o'quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo'ldim, — deydi Maktabgacha ta'lim fakul`teti talabasi Lazzat Ilesova. — Rektorimizning talabalar muammolari va kamchiliklarini eshitib, mas'ullarga kerakli topshiriq bergani hamda yoshlarga to'g'ri yo'nalish ko'rsatgani tahsinga sazovordir.

    Shuningdek, uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o'zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech