Buni 7-yilda xususiy klinikalar 3,5 mingdan 8,5 mingtaga koʻpayganida ham koʻrish mumkin.

«Sizlar bilan birga Oʻzbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiyot xabiga aylantirishimizga ishonaman. Buning uchun yana qanday sharoit kerak boʻlsa, barchasini qilib berishga tayyorman», — dedi Prezidentimiz.

Xususan, chegara hududlarda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasterlari tashkil qilinadi.

Ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi. Bunda tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlarga 7-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan 17 foizli arzon kreditlar beriladi.