Chegarachi-harbiy xizmatchining turmush oʻrtogʻiga pensiyaga chiqishda qanday imtiyoz bor?

    Pensiya jamgʻarmasi bu kabi savolga batafsil maʼlumot berdi.

    Turmush oʻrtogʻim chegara qoʻshinlarida harbiy xizmatchi. Ular bilan yashagan hududda ishlash imkoniyatim boʻlmadi. Kelajakda pensiyaga chiqish vaqtimda menga qanday imtiyoz beriladi?

    Pensiya jamgʻarmasi bu kabi savolga quyidagicha javob berdi:

    “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslar, proporshiklar, michmanlar va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari oʻz xizmat faoliyatlari davomida:

    - turmush oʻrtoqlari bilan birga yashayotgan, lekin turmush oʻrtoqlari uchun xizmat qilinayotgan hududda ishlash imkoniyati boʻlmaslik holatlari mavjud.

    Mana shunday holatlardan kelib chiqib, yuqorida qayd etilgan harbiy xizmatchilar turmush oʻrtoqlarining erlari bilan yashagan vaqtlari pensiyaga chiqishlarida mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

    Shuningdek, qonunga muvofiq, ushbu davr 10-yildan oshmasligi belgilangan.