Chegaradan pnevmatik qurol olib kirilishi oldi olindi

    “Yallama” chegara bojxona posti orqali pnevmatik qurol va 1 500 dona oʻqni yashirincha olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi.

    Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Maʼlum qilinishicha, qoʻshni davlatdan yurtimizga “Yallama” chegara bojxona post orqali fuqaro boshqaruvida kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

    Koʻrikda yoʻlovchining shaxsiy buyumlar orasida deklaratsiyada yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 1 dona “Stalker S84” nomli 4 yarim mm kalibrli pnevmatik toʻpponcha va 1 500 dona oʻq borligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston Respublikasining qurol toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirishda, tegishli organlar ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi.