Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “G'ishtko'prik-avto” xalqaro o'tkazish punkti (XO'P) yaqinidagi “GML PLAZA” mehmonxonasi avtoturargoxida turgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi “I.I.” boshqaruvidagi avtotransport vositasi to'xtatilib, holislar ishtirokida ko'zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaning old yo'lovchi o'rindig'i ostidan Qozog'iston Respublikasidan “G'ishtko'prik-avto” XO'P orqali O'zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirilgan, “TASSAY” yozuvli 1.5 litrlik hamda 1 litrlik ichimlik suvi idishlarida 2.5 litr o'tkir xidli, rangsiz, shaffof, “Tropikamid” psixotrop moddasi aniqlanib, ekspertiza tekshiruvidan o'tkazish uchun olib qo'yildi.

Hozirda ushbu holat bo'yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.