medRxiv portalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, Dokke va Jichi tibbiyot universiteti olimlari emlashdan soʻng antitanachalarning konsentratsiyasiga taʼsir etuvchi omillarni aniqladi.

Tadqiqot mualliflari SARS-CoV-2ga qarshi antitanachalarning titrlarini oʻlchash uchun Pfizer vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlanganidan uch oy oʻtgach, 378 tibbiyot xodimidan (255 - ayollar, 123 - erkaklar) qon olishdi. Tahlilda kasallik tarixi, yoshi va odatlari haqidagi maʼlumotlar hisobga olindi.

Tadqiqotchilar chekuvchilar va hech qachon chekmagan koʻngillilarning namunalari solishtirildi. Aniqlanishicha, jinsidan qatʼiy nazar, birinchi guruh qonida antitanachalarning konsentratsiyasi meʼyordan 140-250 donaga past boʻlgan. Ishtirokchilarning yoshi ham yana bir hal qiluvchi omil boʻlib chiqdi, keksa yoshdagi odamlarda IgG darajasi eng past koʻrsatkichda edi.

Immunologlarning fikriga koʻra, chekishni tashlash vaksinaning individual samaradorligini oshirishi mumkin: chekish odatidan voz kechganlar mustahkam immunitetga ega ekani maʼlum boʻldi.