Asli tadbirkor bo'lgan bu inson Prezidentimizning Xorazmga tashrifi doirasida aholi bilan bevosita muloqoti vaqtida boquvchisini yo'qotgan bolajonlarni o'z qaromog'iga olish istagini bildirgandi. Tadbirkorning ushbu taklifini oilasi, ota-onasi mamnuniyat bilan qarshi olishdi.

Mardon Quryozovning “Oilaviy bolalar uyi” 5 nafar bolajonni o'z farzandlariday qabul qildi.

Yangi mehr maskani ochilishida ishtirok etgan hokimlik vakillari, nuroniylar qo'llarini duoga ochib, mazkur oilada yashaydigan bolajonlarga baxt-saodat tiladilar.

                                                       Ro'zimboy Hasan,

                                         «Yangi O'zbekiston» muxbiri