Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Mirzo Ulug'bek" onlayn maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta tog'li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo'shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablardir.
Mazkur maktabda yuqori sinf o'quvchilari malakali ustozlardan matematika va ingliz tili fanlaridan qo'shimcha ta'lim oladi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi.