Kechagi xabarimizda futbol mutaxassislari va ishqibozlari bu bahslarda “Chelsi” hamda “Yuventus”ning qoʻli baland kelishini bashorat qilganini aytib oʻtgan edik. Maʼlum maʼnoda bu bashorat oʻzini oqladi.
Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi oʻz maydonida “Yuventus”ga qattiq karshilik koʻrsatgan boʻlsada, oʻyin 1:1 hisobida tugadi. Matchning birinchi daqiqasida mehmonlar oʻyinchisi Vlahovich hisobni ochgan boʻlsa, 66 daqiqaga kelib, Parexo tenglikni taʼminladi.
Angliyaning “Chelsi”si esa Fransiyaning “Lill” jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda raqibidan kuchliroq ekanligini koʻrsatdi va mehmonlar darvozasiga ikkita javobsiz toʻp kiritdi. Gollarga Haverts (8), Pulishich (63) mualliflik qildi.
Bugun YECHLning navbatdagi ikki oʻyini boʻlib oʻtadi. Unda “Atletiko” – “Manchester Yunaytet”, “Benfika” – “Ayaks” bahs olib boradi.