Chempion bokschilarimiz Toshkentda tantanali kutib olindi

    Avval xabar berganimizdek, 14-26-noyabr kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazildi.

    Ushbu musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

    Chempionlarimiz bugun musobaqadan qaytib keldi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

    Kutib olish marosimida sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi oʻrinbosari Saken Polatov, vazirlik va federatsiya mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etdi.