Kuni kecha Zangiota BOʻSMning ochiq sport majmuasida yengil atletika boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqada maktab oʻquvchilari hamda mahallarda yashovchi yosh oʻgʻil-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada qatnashgan 100 dan ortiq ishtirokchining 40 nafari qiz bola.
Musobaqa ishtirokchilari uzunlikka sakrash, 100 metr masofaga yugurish, 1000 metrga kross, 3000 metrga yugurish yoʻnalishlarida bahs olib bordi. Musobaqa shiddatli va bahslarga boy oʻtdi.
Musobaqa yakunida ROPZK direktori A.Mamadaliyev soʻzga chiqib, musobaqa koʻtarinki ruhda oʻtgani, musobaqadan murod sogʻlom turmush tarzini ommaga keng tatbiq qilish, yoshlarni sportga boʻlgan muhabbat tuygʻusini uygʻotish hamda oʻsib kelayotgan sportchilarni seleksiya yoʻli orqali saralab olib, ulardan kelajakda Osiyo chempioni, Jahon chempioni va Olimpiya chempionlari yetishtirish ekani haqida gapirdi.
Yakunda gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.