Chernogoriya oʻzbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi

    Chernogoriya Vazirlar Mahkamasi Armaniston, Oʻzbekiston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik viza imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Bu haqda 9-oktyabr kuni mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, bu qaror 2024–2027-yillar Reforma dasturi va Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish jarayonining 24-boʻlimi doirasidagi majburiyatlarga muvofiq qabul qilindi.

    “Bugungi tuzatishlar yuqorida tilga olingan mamlakatlar fuqarolari uchun viza talablaridan vaqtincha ozod qilish toʻgʻrisidagi avvalgi qarorlarning amal qilishini toʻxtatadi. Shu bilan Chernogoriyaning Yevropa Ittifoqiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishga qatʼiy sodiqligini aniq ifodalaydi”, — deyiladi xabarda.