Maʼlumotga koʻra, chet eldan qaytayotgan shaxslarga aeroportlarda smartfonlar orqali maxsus ilovalar oʻrnatilib, tilxatlar olingan boʻlib, har kuni joylashgan joyi va sogʻligʻi holati haqida axborot berib borishi kerak.

Shunga qaramay, har kuni xorijdan qaytayotgan shaxslar (jumladan chet el fuqarolari)ning oʻrtacha 300 nafari oʻz uyida 14 kunlik karantinda boʻlish qoidasiga rioya qilmayapti.

Bunday talab buzilishiga asosiy sabab - qonunchilikda aniq javobgarlik nazarda tutilmaganidir.

Shu sababli javobgarlikni oshirish boʻyicha qonunchilik qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

Shuningdek, endilikda chet davlatdan qaytgan fuqarolarning oʻz uyida 14 kun boʻlish qoidasiga rioya etilishi ustidan tegishli hudud politsiyachilari har kuni uyiga borib tekshirish orqali nazorat yoʻlga qoʻyiladi.

Yaponiyada shaxsiy masʼuliyat shu qadar kuchliki, javobgarlik belgilanmasa ham qoidaga hamma boʻysunadi. Ammo yuqoridagi raqamlar buning oʻzi yetarli emasligiga ishora qilayotgandek.