Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi Konsullik boʻlimi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, QR-kodni chegaradan oʻtishda taqdim etish talab etiladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
- shaxsiy kabinet yaratish;
- fotosurat va shaxsiy maʼlumotlarni yuklash;
- Rossiyada boʻlish muddatini koʻrsatish kerak.
Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.
Agar kelish zarurati toʻsatdan (masalan, ogʻir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo boʻlsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.
Quyidagilar roʻyxatdan oʻtishdan ozod qilinadi:
- Belarus fuqarolari;
- 6 yoshgacha boʻlgan bolalar;
- viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.
6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy roʻyxatdan oʻtish kodi boʻlishi shart.