Maxsus komissiya qarori bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Transport vazirligining birgalikdagi faoliyati natijasida 2020-yilning 28-oktyabrda Abxaziyada qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan “Uzbekistan airways” AJning charter reyslari bilan Vatanga qaytarildi.
Avvalroq, 9-oktyabrda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar hamyurtlarimizdan iborat birinchi guruh Vatanga qaytarilgan edi.
Ayni paytda Oʻzbekiston diplomatlari ushbu chegara oldi hududida boʻlib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bogʻliq vaziyatni nazorat qilyapti.
Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya Federatsiyasi hududi orqali Abxaziyada qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini yurtimizga olib kelishni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilyapti. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutiladi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.









