Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillar instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining
fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda
- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika institutining
xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.









