Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Jahon tillari universiteti oʻrtasida imzolangan memorandum ijrosini taʼminlash maqsadida talaba yoshlarda xorijiy tillar boʻyicha bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, yurt kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qiluvchi, jahonda raqobatdosh yosh isteʼdod egalari hamda intellektual salohiyatli har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash yuzasidan samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad – iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga ega boʻlgan, oʻz fikrini chet tillarda ham erkin bayon qila oladigan intellektual salohiyatga ega boʻlgan yosh kadrlarni shakllantirish, ularning nafaqat sohaviy bilimlarini, isteʼdodlarini, qobiliyatlarini balki zamonaviy innovatsion texnologiyalar borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada shakllantirishdan iborat.

Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar, talaba yoshlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda soʻzga chiqqan Akademiya boshligʻi general-polkovnik Qobul Berdiyev bugungi tadbir turdosh oliy oʻquv yurtining talaba yoshlari bilan hamkorlikda bilimlar bellashuvi tarzida oʻtkazilayotgani taʼkidlab, jamoalarga omad tilagan holda, mamlakatimizning barcha oliy oʻquv yurtlarida xorijiy tillarni oʻqitishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, bugungi kunning yoshlari xorijiy tilni talab darajasida egallashliklarini, xorijiy tillarni mukammal oʻqitish uchun barcha sharoitlar yaratilganini, turli toʻgaraklar tashkil etilganligini, Akademiyada ham kursantlarning nafaqat chet tillarini oʻrganishlari balki barcha fanlardan yuksak bilimga ega boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yetarli ekanligini taʼkidladi.

Yuqori savida tashkil etilgan, bilimlar bellashuvi tarzida oʻtkazilgan anjuman doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan tarkib topgan “PRESTIGE” hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlari jamoasidan tarkib topgan “RESCUERS” jamoalari oʻzaro 4 shart boʻyicha qiziqarli chiqishlarini namoyon qildi.

Qiziqarli va bahs munozaraga boy boʻlgan bilimlar maydonida barcha shartlar boʻyicha yigʻilgan ballar natijalariga koʻra, 36 ball bilan “RESCUERS” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 26,2 ball bilan “PRESTIGE” jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi. Anjumanda sovrinli oʻrinni egallagan jamoalarga hamda faol ishtirok etgan ishtirokchilar diplom, sertifikat, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi

katta oʻqituvchisi