«Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur», — dedi davlat rahbari.
Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzlatgich bozorda oʻrtacha 250 dollardan sotilayotgani uchun 30 dollar QQS toʻlanadi.
Xuddi shunday muzlatgichning import narxi sunʼiy pasaytirilib, 25 dollar koʻrsatilgani uchun bor-yoʻgʻi 3 dollar QQS olinayapti. Yaʼni, ishlab chiqaruvchi importga nisbatan 10 karra koʻp soliq toʻlayapti.
Yangi farmon bilan endilikda chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻliq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.