Chexiyada Domajlitse va Blijeov bekatlarida oʻrtasida ikkita yoʻlovchi poyezd toʻqnashib ketdi. Bu haqda Novinky.cz nashri xabariga tayanib Sputnik xabar qildi.

Hodisa oqibatida ikkita mashinist va bir yoʻlovchi halok boʻlgan. 31 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari ogʻir ahvolda. Politsiya uch kishining oʻlimini tasdiqlagan.

Xabarda aytilishicha, Ex 351 Zapadni expres tezyurar poyezdi Myunxendan Pragaga ketayotgan boʻlgan, yoʻlovchi poyezdi esa Plzen — Domajlitse yoʻnalishida harakatlangan.

Chexiya Transport vazirligining maʼlum qilishicha, poyezdlardan birining mashinisti qizil chiroqdan oʻtib ketgan. Poyezd halokatining sabablari oʻrganilmoqda. Voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar, shifokorlar va politsiya ishlamoqda. Shuningdek, toʻrtta maxsus vertolyot jalb qilingan.