Chexiyada poyezdlarning to'qnashib ketishi oqibatida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    Chexiyaning markaziy qismidagi Pardubitse shahrida yo'lovchi poyezdi va yuk poyezdining to'qnashib ketishi tufayli kamida to'rt kishi halok bo'ldi, o'nlab kishi jarohat oldi.

    Bu haqda iDNES axborot portali favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berdi.

    Unga ko'ra, ba'zi jabrlanganlarning ahvoli og'ir. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, 36 o't o'chirish brigadasi va vertolyot jalb etilgan, deb xabar beradi report.az.