Voqea 14-sentabr kuni tushdan keyin sodir bo'lgan. Jabrlanganlar yengil tan jarohati olgan.

Tez yordam xizmati vakili Monika Novakovaning so'zlariga ko'ra, yo'lovchi poyezdi mashinisti to'xtash belgisini payqamay, yuk poezdi tomon harakatlangani taxmin qilinmoqda. Poyezdda 37 kishi bo'lgan.

Temir yo'l bo'limi vakili Dushan Gavenda Mlada – Boleslav – Nimburk mahalliy yo'nalishi bo'yicha poyezdlar harakatida vaqtiga cheklov o'rnatilgani haqida ma'lum qildi. To'qnashuv sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi eadaily.com.