Seshanba kuni ČTK axborot agentligining xabar berishicha, Chexiyaning Borjina aholi punktidagi o'q-dorilar omborida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi jiddiy jarohatlandi.
“Bugun ertalab Poličské strojírny (zavodi) hududida portlash sodir bo'ldi. Qutqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, hodisa o'q-dorilar omborida sodir bo'lgan, bir kishi og'ir jarohat olgan”, deyiladi agentlik xabarida.
O't o'chiruvchilar odamlarni evakuatsiya qildi, voqea joyiga vertolyot jo'natildi, 10 dan ortiq o't o'chirish brigadalari favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda, deb xabar beradi ria.ru.