Chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov olib borilayotgan maydonlar qisqarmoqda — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

    Agrosektor 30 Iyun 2025 890

    Maʼlumotlarga koʻra, asosiy tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax viloyatlarida davom ettirilmoqda.

    Qayd etilishicha, shu yilning 29-iyun holatiga koʻra, 923 ming 625 gektarda monitoring olib borildi, 552 ming 455 gektarda chigirtka tarqalgani aniqlandi va 542 ming 897 gektarda kimyoviy kurash tadbirlari oʻtkazildi.

    Shuningdek, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda.

    Maʼlumot uchun, murojaatlar 1288 yoki 712021000 telefon raqamlari orqali kunu tun qabul qilinmoqda. Kimyoviy ishlovlar olib borilishi va preparatlar bepul, — deyiladi xabarda.