Yaqinda kameraga tushib qolgan voqea tezda internetga tarqaldi. 20 yoshli Adrian Simankas otasi Dell bilan Magellan bo'g'ozidagi San-Isidro mayog'i yaqinidagi Baiya-el-Agilada baydarkada suzayotgan edi, deya xabar bermoqda Associated Press. Biroz vaqt o'tgach, bukri kit paydo bo'lib, Adrian va uning sariq rangli qayig'ini bir necha soniyaga yutib yuborgan va keyin uni tashqariga uloqtirgan.
Bir necha metr narida bo'lgan Dell o'g'lini xotirjam bo'lishga undagan va hodisa yuz bergan paytni videoga olgan.
Keyinchalik Adrian Associated Press agentligiga o'sha bir necha soniyalarning “dahshati”ni tasvirlab berdi. Uning tushuntirishicha, haqiqiy qo'rquv uning suv yuzasiga chiqqanidan keyingina paydo bo'lgan, bahaybat jonivor otasiga zarar yetkazishidan, uning muzli suvda o'lib qolishidan qo'rqqan, deb xabar beradi zakon.kz.