Yangi tur 72 million yil avval Chilining janubida yashagan o'txo'r dinozavrdir. Uning izlari shu kungacha Janubiy yarimsharda topilmagan edi.

Turga Gonkoken nanoi deb nom berildi. Bu nomning birinchi qismi  teuelche xalqining tilida “kumush o'rdak yoki oqqushga o'xshash” degan ma'noni anglatadi. Ikkinchi so'z qazishmalar paytida olimlarga yordam berib, bu borada alohida jonbozlik ko'rsatgan insonga hurmat ifodasidir.

Paleontologlarning ma'lumotlariga ko'ra, Gonkoken nanoi dinozavrlarining uzunligi 3,5 dan 4 metrgacha va og'irligi 1 tonnagacha bo'lgan.

Mazkur dinozavrlar ikki oyoqda ham, to'rt oyoqda ham bemalol tura olgan. Ularning o'rdaklarni eslatuvchi yirik tumshuqlari bo'lgan, lekin qirralari o'tkirroq ekani bilan ajralib turgan. Mazkur dinozavrlar yirik tishlarga ham ega bo'lgan, deyiladi tass.ru saytida.