Xabarda aytilishicha, Talka kommunasida yong'inni o'chirish vaqtida samolyot halokatga uchradi. Oqibatda Air Andes SPA kompaniyasiga tegishli Turbo Trush rusumli samolyot uchuvchisi, ispan fuqarosi Fernando Solans halok bo'ldi.

Shuningdek, tabiiy ofat oqibatida uch kishi turli tan jarohatlari olgan, deb xabar beradi tass.ru.

La Terceraning mahalliy politsiyaga tayanib xabar berishicha, 5-shosse ustidan uchib o'tayotgan samolyot elektr simi ustuniga urilgan, so'ng mashina ustiga qulab tushgan va yonib ketgan.