Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 131 kishiga yetdi

    Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 131 kishiga yetdi, deyiladi rasmiy bayonotda.

    Qutqaruvchilar Vinya-del-Mar va Valparaiso shaharlari yaqinidagi kuchli yong'in bilan bog'liq vaziyatni nazorat ostiga olish ustida ishlamoqda. Bir necha yuz kishi bedarak yo'qolgan. Mamlakat Prezidenti Gabriel Borich qurbonlar soni bundan ham ko'p bo'lishidan xavotirda, deb xabar beradi AFP.

    Maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda mamlakatda 200 ga yaqin yong'in qayd etilgan bo'lib, ularning aksariyati janubiy va markaziy hududlarda yuzaga kelgan. Eng ko'p zarar ko'rgan hudud poytaxt Santyagoning g'arbiy qismi bo'lib, u yerda deyarli ikki million kishi istiqomat qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.