баннер
26 Mar 2025
23:38

    Chilonzor tumani fuqarolaridan kelib tushgan 120 ta masalaning 39 tasi joyida ijobiy yechim topdi

    Toshkent shahri Chilonzor tumani aholisidan 2025-yil boshidan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Virtual va Xalq qabulxonasiga 2505 ta masalaga oid murojaatlar kelib tushgan.

    Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 687 taga yoki 14 foizga kamaygan boʻlsa, ushbu murojaatlarning 781 tasi ijobiy hal etilgan.

    Bundan tashqari tasdiqlangan reja-grafik hududlarda davlat organlari va tashkilot rahbarlarining ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilishi taʼminlash jarayonida aholining muammolariga qisqa vaqt rejimida oʻz yechim topmoqda.

    Jumladan, joriy yilning 11-fevral kuni Chilonzor tumani hokimligi binosida Respublika ishchi guruhi, Respublika ijtimoiy kompleks tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar, Respublika qurilish kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar, Toshkent shahar hokimi va uning oʻrinbosarlari, tuman hokimlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Markaziy bank vakillari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

    Qabulga kelgan fuqarolar oʻz murojaatlarini bevosita masʼul tashkilot vakillariga yoʻllash imkoniyatiga ega boʻlib, har bir yoʻnalish uchun alohida xonalar tayyorlanib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

    Ushbu sayyor qabullar jarayonida Chilonzor tumani fuqarolaridan kelib tushgan 120 ta masalalarning 39 tasi joyida ijobiy yechimini topdi, qolgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishi taʼminlanmoqda.

    Murojaatlarda koʻtarilgan masalar boʻyicha tahlil qilinganda eng koʻp murojaatlar moddiy yordam, pensiya, nafaqa boʻyicha 59 ta, aliment undurish boʻyicha 14 ta, davolanishga order olish boʻyicha 8 ta, koʻp xonadonli turar joylarni saqlash va taʼmirlash 7 ta, davlat uy-joy fondidan foydalanish, ijara boʻyicha 4 ta, boshqa masalalarda 28 ta kelib tushganligi maʼlum boʻlgan.

    Tumanning “Zarqoʻrgʻon” mahallasida istiqomat qiluvchi D.Ashirmatova murojaat etib, mahalliy hokimlik nogironlar va kasalmandlarga dori-darmon uchun moddiy yordam koʻrsatayotganini lekin jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun order olinishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatiga na tuman hokimligi, na sektor yoki mahalla tomonidan koʻmak berilmaganini maʼlum qilgan, fuqaroning turmush sharoiti oʻrganilib, uning fikr-mulohazalari tinglanib, Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasiga imtiyozli davolanishi uchun order berilib, murojaati ijobiy hal etildi.

    Chilonzor tumani “Yakkatut” mahallasida yashovchi A.Xasanov moddiy yordam ajratilishini soʻrab qilgan murojaati yuzasidan fuqaroga xonadoni uchun maishiy texnikalar olib berilib, murojaati ijobiy hal etilganligi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirgan.

    Tolibjon ORZIYEV,

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi

    Xalq qabulxonasi mudiri

    Telegram kanalimiz
    Text to speech