Chilonzor tumanida soxta shartnoma orqali uy-joy sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

    Kelishilgan mablagʻdan 10 000 AQSH dollari va 130 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Maʼlum boʻlishicha, “Sh.X.” MCHJ rahbari Sh.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Sergeli tumani hududidan 9 qavatli turar-joy majmuasini qurayotganini aytadi.

    Ushbu turar-joy majmuasidan 89 kv. metrli xonadonni 480 mln soʻmga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etadi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sh.A. kelishilgan mablagʻdan 10 000 AQSH dollari va 130 mln soʻmini olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.