Sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi haqida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 7-oktyabr taxminan soat 21.00 da Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida “Lacetti” rusumli avtomobil daraxtga borib urilgan.

Aniqlanishicha, mazkur avtomashinani (davlat raqami 01 Z 202 XA) 21 yoshli Odilxoʻja ismli shaxs ishonchnoma asosida boshqarib borgan.

Hodisa sabablari aniqlanishda davom etiladi. YTH natijasida avtomobil haydovchisi voqea joyida hayotdan koʻz yumdi.