Tadbirda Toshkent shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari, davlat va jamoat arboblari, faxriylar va yoshlar ishtirok etishdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Chilonzordagi dastlabki mavzelar 1960-yillargacha qurib bitkazilgan va 1963-yilda tuman rasman tashkil etilgan.

Bugungi kunda tuman poytaxtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va boshqa sohalardagi taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tumanda olib borilayotgan xayrli ishlar, istiqbolli loyihalarga toʻxtalib oʻtishdi va Chilonzorning bundan keyin ham yuqori suratlarda rivojlanib borishiga umid bildirishdi. Tadbir madaniyat va sanʼat ustalari ishtirokidagi konsert bilan davom etdi.