Chilonzor, Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

    Mamlakatimizda 10 Yanvar 2022 1352

    “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishini maʼlum qiladi.

    Poytaxtimizning Chilonzor tumani 20 — A mavzeda joylashgan yer usti D — 57 mm past bosimli gaz quvurini boshqa xavfsiz joyga koʻchirish ishlari “Chilonzortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 10-yanvar soat 10:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 8 ta koʻp qavatli uylarda hamda 2 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Shuningdek, Yashnobod tumani 3 — tor Mumtoz koʻchasida joylashgan oʻrta bosim D — 57 mm yer osti gaz quvurida hamda Ohangrabo koʻchasida joylashgan D — 50 mm oʻrta bosim gaz quvuridan gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yashnobodtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 10-yanvar soat 10:00 dan 18:00 gacha D.Usmanova, Karimova, Uysozlar, Mumtoz, Ohangrabo, Chashma, Shavkat, Sadaf, Charos, Muloyim, Tabibiy hamda Tabassum koʻchalaridagi aholi hamda ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, deb xabar beradi Chilonzor uman hokimligi matbuot xizmati “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali maʼlumotiga tayanib.