Chilonzorda 156 nafar ayollar tadbirkorlikka jalb etildi

    Biznes 9 Iyul 2021 895

    Poytaxtimizning Chilonzor tumanida “Ayollar daftari” yuritishning birinchi bosqichida 156 nafar ayollar tadbirkorlikka jalb etilishi koʻzda tutilgan edi.

    Ushbu jarayonda ishchi guruh hamda tijorat banklari hamkorligida 156 nafar ayollar tomonidan taklif etilgan loyihalar toʻliq oʻrganib chiqilgan. “Biznes koʻnikma” loyihasi asosida 48 soatlik oʻquv-seminar mashgʻulotlari tashkil qilindi va tadbirkorlik istagida boʻlgan ayollarga sertifikatlar berildi.

    Bugungi kunda sertifikat olgan 135 nafar xotin-qizlarga 4 milliard 156 million soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi.

    Jumladan, tikuvchilik qilish istagida boʻlgan 105 nafar xotin-qizlarga 3 milliard 171 million soʻm, non mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirgan 3 nafar xotin-qizlarga 102 million soʻm, qandolatchilikni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlayotgan 5 nafar xotin-qizlarga 170 million soʻm kreditlar ajratildi.

    Bundan tashqari, parranda boqishni reja qilgan 1 nafar ayolga 36 million soʻm, pishiriq sexi tashkil qilish maqsadidagi 1 nafar ayolga 33 million soʻm, goʻzallik saloni ochishi uchun yana 1 nafar ayolga 33 million soʻmlik kreditlar berildi.

    Maishiy xizmat koʻrsatish sohasi ham tumanimizda kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Ayni shu yoʻnalishda ham 3 nafar xotin-qizlarga 121 million soʻm, oʻquv markazi ochishni rejalashtirgan 2 nafar xotin-qizlarga 72 million soʻm, fizioterapiya hamshiraligi xizmatini joriy qilayotgan 1 nafar ayolga 36 million soʻm va boshqa yoʻnalishda tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan 13 nafar ayolga 382 million soʻmlik kreditlar ajratildi, deb xabar beradi Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati.