Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi hududida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga avtokran haydovchisining ehtiyotsizligi sababli avtokran chuqurga tushib ketdi.
Holat boʻyicha Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda aytilishicha, mazkur holatda avtokran haydovchisining ehtiyotsizligi sababli taʼmirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga yaqin kelgan va avtokranning sirpanishi, asfalt yer qatlamining oʻpirilishi oqibatida avtokran bir tomonlama chuqurga tushib qolgan.
Qayd etilishicha, avtokran haydovchisi va hududda taʼmirlash ishlari olib borayotgan ishchi xodimlar jabrlanmagan.