Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi hududda quruvchi tashkilot tomonidan 58 tup har xil turdagi daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 797,7 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
O‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, quruvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.