Chimboy tumani markazida yangidian qurilgan “Yoshlar markazi” imorati ishga tushdi

    Ushbu imoratning ochilish marosimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, undagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    Yangidan qad rostlagan markaz uchun 2,3 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

    Binoda yoshlar oʻzlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Markazda IT, matematika, tarix, shaxmat, chet tillari singari bir nechta yoʻnalish boʻyicha tugaraklar mavjud.