O'tkazilgan reyd tadbiri davomida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Fayziobod mahallasi hududidan o'tuvchi avtomobil` yo'li chetida mavjud bo'lgan ko'p yillik 3 tup chinor daraxti noma'lum shaxslar tomonidan kesib ketilganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, o'simlik dunyosiga etkazilgan zarar 144 mln 915 ming so'm tashkil etmoqda.
Hozirda ushbu holat kim tomonidan sodir etilganligi bo'yicha o'rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.