Hududdagi yer maydonlari tegishli qarordagi ilovaga muvofiq yerdan foydalanuvchilarning o'z arizalariga asosan davlat zaxira yerlari tarkibiga o'tkaziladi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bu bo'yicha Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 10-maydagi hujjati, Chinoz tumani hokimligining 2021-yil 1-fevraldagi murojaati, O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining tegishli Qonunlariga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z. Mirzayev 113-10-0-Q/22-sonli qarorni imzoladi.

Unga ko'ra, kadastr yig'ma jildini (pasportini) tayyorlash va yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazish xarajatlari mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan qoplanadi.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi fermer xo'jaliklari bilan tuzilgan ijara shartnomalariga tegishli o'zgartirishlar kiritish ishlarini tashkil etadi.