Chinozda yuk poyezdining ikkita vagoni izdan chiqib ketdi

    Toshkent viloyati Chinoz tumani “Rasulobod” mahallasida joylashgan Olmazor stansiyasi hududida tovar poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketdi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston temiryoʻllari” xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, hodisa 27-sentyabr kuni soat 21:30 da sodir boʻlgan. Poyezdning bu ikki vakonida sut mahsulotlari ortilgan ekan.

    Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda poyezd harakati toʻliq tiklangan.

    Avvalroq Olmazor stansiyasida 27-sentyabr kuni soat 18:36 larda yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli yoʻnalishdagi poyezdlar qatnovida qisqa muddatli kechikishlar kuzatilgani, keyinchalik nosozlik bartaraf etilib, harakat tiklangani xabar berilgan edi.