Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, Chinoz tumanida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida tuman dehqon bozorida sodir etilgan oʻgʻirlik shu kunining oʻzida fosh etildi.
Maʼlum boʻlishicha, 4 nafar shaxslar savdo rastalaridan taxminiy narxi 5,2 mln soʻmlik qoʻl telefonlari va aksessuarlarni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringan.
Tuman IIB xodimlari tomonidan ular “issiq izidan“ qoʻlga olindi. Gumonlanuvchi shaxslar tomonidan oʻgʻirlangan buyumlar (ashyoviy dalillar) jabrlanuvchilarga qaytarilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








