Chiqindi bilan harakatlanuvchi avtomobil yaratildi

    Italiyaning “Bertone” kompaniyasi plastik chiqindilardan tayyorlangan yoqilg'ida harakatlanuvchi 1085 ot kuchiga ega bo'lgan avtomobilni namoyish qildi.

    Qayd etilishicha, kopaniya o'zining 100 yilligiga ushbu avtomobildan 33 dona ishlab chiqarishni reja qilgan. Ushbu mashina ikki turboli bo'lib, 5,2 litrli V10 divegatili bilan jihozlangan. U 14 soniyada 300 km/soat tezlikka erisha oladi. Kompaniya mutaxassislari hozircha tezlik namoyishini o'tkazmaganini aytdi.

    Kompaniya rahbarining ta'kidlashicha, avtomobil sanoatida GB110 plastik chiqindilar bilan ishlaydigan birinchi avtomobil bo'ladi. Shuningdek, u Select Fuel kompaniyasi bilan hamkorlikda polikarbonat materiallarini, qayta tiklanadigan yoqilg'iga aylantirish uchun patentlangan texnologiyani ishlab chiqilganini aytdi.

    – Biz turli texnologiyalardan foydalangan holda atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashmoqdamiz. Plastik chiqindilar shunchaki chiqindi emas balki, qimmatli manba sifatida ko'rib chiqilishi kerak. Select Fuel bilan hamkorligimiz orqali biz chiqindilarni asl holiga qaytarmoqdamiz, – dedi Bertone kompaniyasi bosh direktori Jan-Frank Richi.

    Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, GB110 2,79 soniyada 0 dan 100 km/soat tezlikka, 6,79 soniyada 0 dan 200 km/soatgacha tezlikka erishadi va atigi 14 soniyada 300 km/soat tezlikka chiqa oladi. Mashinaning maksimal tezligi 380 km/soat oshadi. Quvvat etti pog'onali ikki muftali uzatmalar qutisi orqali barcha to'rt g'ildirakka uzatiladi.