Holat boʻyicha viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha shu yilning 2-iyul kuni 1968-yilda tugʻilgan fuqaro С.Р. koʻchaga chiqindi tashlagan vaqtida qoʻshnisi 1996-yilda tugʻilgan И.Н. eʼtiroz bildirgan. Natijada ikki qoʻshni oʻrtasida oʻzaro janjal kelib chiqqan.
Maʼlumotlarga qaraganda, fuqarolar keyinchalik oʻzaro yarashib olishgan va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilmagan.
Hozirda holat nazoratga olinib, Ohangaron tumani IIB tomonidan qoʻshimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.