Chiqindi tashlagan avtotransport vositasi musodara etilmoqda

    Qorasaroy mahallasidan oqib o'tuvchi suv bo'yiga qurilish chiqindilari to'kkan holat kuzatuv kamerasi tasviriga tushdi.

    Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor ekologik surishtiruv ishlari natijasida Davlat raqami 10 D 781 LA bo'lgan Zil rusumli yuk avtotransportida joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent tumani, Qorasaroy MFY, Istiqolol ko'chasida yashovchi fuqaro A.T. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

    Yuqoridagi holatni kuzata turib ushbu huquqbuzarlikni bilib-bilmasdan sodir etilgan deb o'ylarsiz?

    Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan joriy yilning 7 sentyabr` kuni MJtKning 91¹-moddasi, 3-qismi bilan dalolotnoma tuzilgan hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh barobarida jarima qo'llanilgan edi.

    Oradan 8 kun o'tib, fuqaro A.T. tomonidan yana qayta huquqbuzarlik sodir etgan.

    Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91¹-moddasi 4-qismi bilan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilgan bo'lsa ma'muriy huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinadi.

    Bugungi kunda transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo'yilib, musodara etilishi yuzasidan hujjatlar to'planib sudga da'vo arizasi kiritilmoqda.

    Lobar Jalilova,

    Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rahbari