Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.

Berilgan besh kunlik muddat davomida isteʼmolchilar tomonidan 7,4 mlrd soʻmlik toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, qarzdorligini yopmagan abonentlarga nisbatan qonuniy cheklovlar qoʻllanila boshlandi.

Xususan, respublika miqyosida 14,8 mlrd soʻmlik qarzdorligi mavjud boʻlgan 151 202 ta abonentning elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshirishiga vaqtinchalik cheklov oʻrnatildi. Taʼkidlash lozimki, ushbu cheklov faqatgina chiqindi xizmatidan boʻlgan qarzdorlik toʻliq bartaraf etilgandan soʻng darhol bekor qilinadi.

Mazkur tartib 2025-yil 30-iyungacha boʻlgan eski qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. Cheklovlar 2025-yilning 1-iyulidan boshlab shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan qoʻllanila boshlagan.