Qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunos va ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan ishchi guruh yigʻilishlarida ushbu qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilinib, unga kiritilayotgan har bir norma deputatlar tomonidan chuqur tahlil qilindi. Qonun loyihasi inson manfaati hamma narsadan ustun tamoyili asosida takomillashtirildi.
Mazkur qonun loyihasida isteʼmolchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlardan qarzdorligi yuzasidan qisqa xabar (SMS) orqali isteʼmolchi xabardor qilingandan keyin besh kunlik muddat berilishi belgilandi. Shundan soʻnggina, qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tadbiq etiladi.
Ushbu qonun loyihasida isteʼmolchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini toʻla mustahkamlanib, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan tashkilotlar toʻlovlarning haqqoniy va toʻgʻri hisoblanishi uchun javobgar boʻlishi, mazkur talablar buzilgan hollarda isteʼmolchiga yetkzilgan zarar qoplanishi belgilab qoʻyildi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov mexanizmlari takomillashtirishga, chiqindi xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.