Holat boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ maʼlumot berdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan chiqindi xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib borish amaliyoti ham belgilangan.
Shuningdek, mazkur farmon asosida isteʼmolchining chiqindi boʻyicha qarzdorlik boʻyicha ogohlantirilgandan keyin toʻlov qilmagan shaxslarning elektr uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi belgilangan.
Mazkur farmon ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning oktyabr oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqami orqali mazkur ogohlantirish xabarlarini yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan chiqindi boʻyicha ogohlantirish xabari yuborilgandan soʻng, qarzdorlikni bartaraf etmagan isteʼmolchilarga elektr energiyasi uchun toʻlovlarda cheklovlar kiritish boʻyicha ham texnik ishlar olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.
Shu oʻrinda chiqindi qarzdorligi uchun yuborilgan xabarnomalar boʻyicha isteʼmolchilardan kelib chiqayotgan shikoyatlar boʻyicha chiqindi yigʻish va tashish xizmatlariga murojaat qilishlarini soʻraymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari “ AJ bu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi taqdim etgan maʼlumotlar asosida xabar yuborayotganligini maʼlum qiladi, — deyiladi xabarda.