Dunyoning deyarli barcha mamlakatida qattiq maishiy chiqindilarni aholi jon boshiga hisoblaganda, ular har yili bir foizga oshib boryapti. Bu esa jahonning ekologik barqarorligiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi, albatta.

Hozirgacha chiqindining 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo'lib, kelajakda bu ko'rsatkich yanada oshishi mumkin. energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasida foydalaniladigan materiallardan hosil bo'lgan chiqindilar atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbaga aylanyapti.

Ularni e'tiborsiz qoldirish esa tabiiy resurslar va tabiatning kutilmagan o'zgarishlariga sabab bo'ladi.

Toshkent tumanida joylashgan “Zangiota obodon” MCHJga qarashli chiqindi poligonida Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tuman inspektsiyasi xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan rekul`tivatsiya va obodonlashtirish jarayonlari mazkur yo'nalishdagi xayrli ishlardan biri bo'ldi.

Hududda maxsus texnika va ishchilar jalb qilingan holda chiqindilarni ko'mish ishlari rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Poligondagi rekul`tivatsiya ishlariga 2 ta yuk tashish avtomobili, 1 ta ekskavator, 1 ta yuklagich va 3 ta bul`dozer jalb qilingan bo'lib, jarayon tez orada yakuniga etkaziladi.

Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmati