Tashrif uchun minnatdorlik bildirgan Sh. Umurzoqov Toshkentning Janubiy Koreya, xususan, Assotsiatsiya bilan koʻp yillik hamkorligiga urgʻu bergan holda, poytaxtimizdagi chiqindilarni boshqarish sohasidagi loyihalar boʻyicha OTB tenderlarida koreys kompaniyalarining faol ishtirokini taʼkidladi.
Kim Chang Keon uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Toshkentga har bir tashrifi uni oʻzgarishlar va yangilanishlar bilan hayratda qoldirishini, bu esa poytaxt hokimligi ishining sifati koʻrsatkichi ekanini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, delegatsiya bank, moliya, energetika sohalari, shuningdek, aholi koʻp boʻlgan shaharlar uchun ayniqsa muhim boʻlgan chiqindilarni boshqarish yoʻnalishidagi hamkorlikni muhokama qilish niyatida.
Mehmonlarga Toshkent shahridagi chiqindilarni yigʻish, saralash, yoʻq qilish jarayonlari, hal qilinishi kerak boʻlgan muammolar va masalalar, bu boradagi qisqa va uzoq muddatli rejalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Poytaxt hokimligi salohiyatli xorijiy investorlarning tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.