Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
Agentlik chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar va standartlarni ishlab chiquvchi, sinovdan oʻtkazuvchi va amaliyotga tatbiq etuvchi, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi hamda chiqindilarni boshqarish sohasiga taalluqli davlat mulkini boshqaruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.
2025-yil 1-martdan sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlash mezonlari tasdiqlanadi.